Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
Poytaxtda holat JSST havo sifati bo‘yicha tavsiya etilgan yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 27,3 baravar yomonroq.
Toshkentda havo sifati juma kuni ertalabdan yana xavfli darajaga ko‘tarildi. Buni xalqaro onlayn va mahalliy xizmatlar ma’lumotlari tasdiqlaydi.
IQAir portalining antireytingida O‘zbekiston poytaxti soat 8:00 da PM2,5 zarrachalari ko‘rsatkichi havoda 171,1 mkg/m3 bo‘lib, soat 09:00 da 136,3 mkg/m3 ga pasaygan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti havo sifati bo‘yicha tavsiya etilgan yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 27,3 baravar yuqori.
Poytaxtning Air.Tashkent.uz portalida soat 09:00 da PM2,5 qiymati 147,7 mkg/m3 ni tashkil qildi, bu JSST standartidan 29,5 baravar (5 mkg/m3) va SanPin o‘rtacha yillik tavsiyasidan 4,2 baravar yuqoridir (35 mkg/m3).
Portaldagi tavsiyalarda quyidagilar qayd etilgan: “Odamlar salomatligi uchun xavf oshgan. Iloji boricha xonada qolish va ochiq havoda bo‘lishdan tiyilish lozim”.
O‘zgidromet portalida soat 9:00 holatiga avtomatik kuzatuv stansiyalaridan olingan ma’lumotlar quyidagicha bo‘ldi: Bunyodkor shoh ko‘chasi (Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi saroyi) — PM2,5: 167,916 mkg/m3; O‘zgidromet (Yunusobod tumani) — 181,339, TTZ-4 massivi (Mirzo-Ulug‘bek tumani) — 75,378.