O‘zbekiston

Toshkent avtobuslarida chiptasizlar uchun reydlar kuchaytirildi

Jarima yo‘l haqidan deyarli 25 baravar qimmat.

Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar yo‘lovchi transportini nazorat qilish boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda avtobuslarda nazorat choralari kuchaytirilganini ma’lum qildi.

Yil boshidan buyon 6 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlanib, har bir holat bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Jarima BHMning 1/10 qismini yoki 41 200 so‘mni tashkil etadi, bu esa to‘langan 1 700 so‘mlik chiptadan deyarli 25 baravar qimmat.

E’tiborlisi, yanvar oyidan avgust oyigacha bo‘lgan yetti oyda to‘rt mingdan ziyod qoidabuzar aniqlangan bo‘lsa, o‘tgan bir yarim oyda ikki mingdan ortiq “quyon” aniqlangan. Takroriy qoidabuzarliklar bo‘yicha statistika keltirilmaydi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, 144-modda (Biletsiz safar) uchinchi qismga ega — yo‘lovchining chiptasiz safari, “quyon” aviatashuvi uchun BHMning uch baravari yoki 1 236 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Avvalroq Toshkentda tungi avtobuslarni yo‘lga qo‘yish ma’qullangani haqida xabar berilgandi. Yo‘l haqi kunduzgi yo‘nalishlardan farq qilmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная