Toshkent atmosferasi biroz chang bilan qoplandi
Havodagi PM2.5 miqdori hamon JSST tavsiyasidan yuqori.

5-iyun kuni PM2.5 mayda zarrachalarining miqdori 12 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu JSST tavsiya etgan qiymatdan 2,1 barobar yuqori ekani IQAir ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
Shunday qilib, soat 08:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi ozon ifloslantiruvchisi va PM10 miqdori ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlardan oshmagan. Biroq PM2.5 xavfli zarrachalarining konsentratsiyasi JSST me’yoridan 2,1 barobar yuqori chiqdi. Havo sifati o‘rtacha deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo sifati bo‘yicha JSST me’yorlariga mos keladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Shveysariyaning IQAir kompaniyasi 2024-yil uchun hisobotni taqdim etdi.
Mavzuga doir: Iflos havodan qanday himoyalanish mumkin? NOVA24 tahririyati chang konsentratsiyasining kun sayin ortib borishi fonida dolzarb maslahatlarni taqdim etdi.
Izohlar