Toshkent aholisining yoz kelishi bilan eng ko‘p duch keladigan muammosi ma’lum bo‘ldi
Muddati o‘tgan murojaatlar bo‘yicha Chilonzor tumani yetakchilik qilmoqda.

Toshkent shahri aholisi bir hafta ichida 1 976 ta shikoyat yo‘llagan, deyiladi Xalq nazorati portali ma’lumotlari tahlilida.
Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yaxshi ish Uchtepa tumanida kuzatilmoqda — 10 balldan 8,5 ball. Oxirgi o‘rinni 1,64 ball bilan Shayxontohur tumani egalladi.
Muddati o‘tgan murojaatlar bo‘yicha eng katta muammolar Chilonzor tumanida kuzatilmoqda – 849 ta murojaat. Bunda eng ko‘p shikoyatlar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga – 1 135 ta ariza, 845 tasi hal etilgan, Ekologiya boshqarmasiga – 1 128 ta ariza, 979 tasi hal etilgan va «Toshkent shahar elektr ta’minoti korxonasi»ga – 2 659 ta ariza, 2 424 tasi hal etilgan.
Jami 31 096 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 24 530 tasi hal etilgan, 61 tasi rad etilgan. Toshkentliklarning eng ko‘p uchraydigan muammosi uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘lib qolmoqda – 30,3 foiz, ammo bu sohadagi murojaatlar soni kamayib bormoqda. Keyingi o‘rinlarda yo‘llarning holati – 23,3 foiz, obodonlashtirish – 5,7 foiz va ekologik muammolar – 3,6 foiz.
Izohlar