O‘zbekiston

Toshkent aholisi eng ko‘p nimadan shikoyat qilishi ma’lum bo‘ldi

Aholi murojaatlari bilan eng ko‘p Shayxontohur tumani shug‘ullangan.

Toshkent aholisi eng ko‘p nimadan shikoyat qilishi ma’lum bo‘ldi

Xalq nazorati portali ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, 17-maydan 23-maygacha Toshkent shahri aholisi 1 351 ta shikoyat yo‘llagan.

Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yaxshi ish Uchtepa tumanida kuzatilmoqda — 10 balldan 8,26 ball. Oxirgi o‘rinni 2,14 ball bilan Shayxontohur tumani egalladi.

Toshkent aholisi eng ko‘p nimadan shikoyat qilishi ma’lum bo‘ldi

Muddati o‘tgan murojaatlar bo‘yicha eng katta muammolar Chilonzor tumanida kuzatilmoqda — 722 ta murojaat. Bunda eng ko‘p shikoyatlar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga — 1 041 ta ariza, 621 tasi hal etilgan, Ekologiya boshqarmasiga — 972 ta ariza, 829 tasi hal etilgan va “Toshkent shahar elektr ta’minoti korxonasi”ga — 2 057 ta ariza, 1 924 tasi hal etilgan.

Toshkent aholisi eng ko‘p nimadan shikoyat qilishi ma’lum bo‘ldi

Jami 25 285 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 19 935 tasi hal etilgan, 58 tasi rad etilgan. Toshkentliklarning eng ko‘p uchraydigan muammosi uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘lib qolmoqda — 30,6 foiz, ammo bu sohadagi murojaatlar soni kamayib bormoqda. Keyingi o‘rinlarda yo‘llarning holati — 24,8 foiz, obodonlashtirish — 5,2 foiz va ekologik muammolar — 3,8 foiz.

Toshkent aholisi eng ko‘p nimadan shikoyat qilishi ma’lum bo‘ldi

Mavzuga doir: Markaz bo‘ylab ajratilgan joylar, “kesilgan doira” va avtoturargohlar: Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasi qanday rekonstruksiya qilinmoqda?

Izohlar

Mavzuga oid