27 Mart 2025, 07:53 Oʻzbekiston

Toshkent aeroportida taksi xizmatidan foydalanish osonlashadi

Aeroport maʼmuriyati asosiy muammo — noqonuniy taksichilar bilan kurashishni rejalashtirmoqda.

Toshkent aeroportida taksi xizmatidan foydalanish osonlashadi

Toshkent xalqaro aeroportida taksi buyurtma qilishning raqamli tizimi, shuningdek, taksi operatorlari uchun alohida yoʻlaklar paydo boʻladi, deya maʼlum qildi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxoʻjayev matbuot anjumanida.

Maʼlumotlarga koʻra, havo bandargohi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda yoʻlovchilarning rasmiy agregatlarga kirishini osonlashtiradigan kompleks yechim ishlab chiqmoqda.

“Aeroportning asosiy muammosi — noqonuniy taksi haydovchilari boʻlib, ular sayyohlarning qoʻllaridan ushlaydi. Bu respublikaga kelganlarda muayyan taassurot uygʻotadi”, — dedi kompaniya rahbari.

Javlonbek Umarxoʻjayev, shuningdek, aeroport faoliyatini izdan chiqarmaslik uchun birinchi navbatda mutaxassislar tomonidan geologik qidiruv ishlari olib borilishini taʼkidladi. Chunki notoʻgʻri bajarilgan ishlar aeroportning butun faoliyatiga taʼsir qiladi.

Mashhur yangiliklar