19 Fevral 2025, 17:49 Oʻzbekiston

Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari endi uch karra yuqori soliq to‘laydi

“Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari endi uch karra yuqori soliq to‘laydi

O‘zbekistonda “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Prezident tomonidan qabul qilingan farmonga ko‘ra, aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan hududning iqlim sharoitini inobatga olgan holda har chorakda o‘tkaziladigan monitoring natijasida ekin to‘liq ekilmagan yoki qarovsiz qoldirilganlik holati aniqlanganda tajriba tariqasida: (fors-major holatlari bundan mustasno)

  • tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga davlat dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar berilmaydi;
  • Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar to‘xtatiladi;
  • “Online mahalla” elektron platformasi ma’lumotlari asosida ekin ekilmagani aniqlangan yil uchun yer solig‘i stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi.

Bunda berilayotgan imtiyozlarni vaqtincha to‘xtatish, qayta tiklash va oshirilgan soliq stavkalarini qo‘llash “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan amalga oshiriladi va tegishli ma’lumotlar “Online mahalla” elektron platformasiga kiritib boriladi.

Mashhur yangiliklar