23 Dekabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

To‘rt yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

O‘g‘rilikda ayblanib, to‘rt yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

To‘rt yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

O‘g‘riliy jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2020-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Gulruxxon Akmaljon qizi Erkinova O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona xabar berdi.

Qayd etilishicha, 26 yoshli ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Konsullik ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘radi.

“Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar