To‘rt hududda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
![To‘rt hududda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/12/8Kzz1k17122091026268_l.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Urgut tumanida fuqarolar S.A. va S.M. fuqarolar A.N. va B.T.ning ishonchiga kirib, ularni 22 ming dollar evaziga AQShga yuborishini va’da qilib, oldindan 15 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida fuqaro X.I. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 2500 dollar evaziga Litvaga ishga borishi uchun hujjatlarini rasmiylashtirib, viza olib berishini aytgan. Shundan 1500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Navoiy shahrida fuqarolar N.Sh. va N.B. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga 6 oylik mavsumiy ishga yuborishlari evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bekobod shahrida fuqaro M.Sh. fuqarolar B.D. va S.D.ni Turkiyaga borishi uchun tanishlari orqali deportini yechib, viza olib berishi evaziga 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi Toshkent viloyatida eri ayovsiz kaltaklagan ayol vafot etdi Samarqandda 359,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar
![Qozog‘istondagi neft bazasida portlash yuz berdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/fT8tfsd1MuMuD-cFYYS9iiTi-GUv4iik-300x169.jpg)
![Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/photo_2025-01-25_15-31-42-300x167.jpg)
![Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/image_2025-01-25_14-50-22-300x182.png)
![Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/f_duWWNyNXvYADojoHfkbvxfVsg2iTwI-300x225.jpg)
![Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/image_2025-01-25_14-31-27-300x180.png)
![Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/f_6l6X77rFO57pi5Js2L2a1wzqw63frd-300x225.jpg)
![O‘zbekiston aholisi soni 37,5 milliondan oshdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/E74lJ713450148480435_o-300x199.jpg)
![Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/medium-6793b211b8a24-300x169.jpg)