To‘rt hududda 500 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jizzax viloyatining Yangiobod, Toshkent viloyatining Zangiota, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Toshkent shahrining Uchtepa tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “A.S.” MChJ mas’ul shaxslari Yangiobod tumani, Mustaqillik ko‘chasidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz tarmog‘iga gaz hisoblagichdan tashqari ulangan. Natijada jami 192,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Zangiota tumanida fuqarolar M.O. va M.X. yashash xonadonlarida past bosimli umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga yashirincha shlang yordamida ulangan. Oqibatda jami 151,7 so‘mlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilgan.
Shu bilan birga, Beruniy tumanida fuqaro Y.N. yashash xonadonida gaz tarmog‘iga shlang yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 126,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, Uchtepa tumanida fuqaro R.N. o‘ziga tegishli turar joy binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. So‘ng jami 111,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 19 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi Toshkentda 1,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi Surxondaryoda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh qilindi
Soʻnggi yangiliklar







