TIV rahbari Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
Baxtiyor Saidov O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

4-sentyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Volid Fukdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari jadallashib, yuqori darajaga ko‘tarilganini ta’kidladilar. Hamkorlik iqtisodiyot va investitsiyadan tortib fan, ta’lim, turizm va madaniyatgacha bo‘lgan keng ko‘lamli sohalarni qamrab olgan.
Uchrashuv yakunida vazir elchiga O‘zbekistondagi faoliyati muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishini tilab, uning faoliyati Toshkent va Parij o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 14-avgust kuni prezident mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Fransiya elchisi Oreliya Bushezni qabul qilgandi. Shavkat Mirziyoyev uni do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi. Diplomat mamlakat yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirib, ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Izohlar