Tiktoker Valeriy Dyugay o‘zbeklar va prezidentni haqorat qilgani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi
“Abdulloh” taxallusli bloger so‘roq paytida hayp uchun Markaziy Osiyoliklarga nisbatan nomaqbul so‘zlarni aytganini tan oldi.

21-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudi haqiqiy ismi Valeriy Dyugay bo‘lgan “Abdulloh” taxallusli tiktokerga nisbatan hukm chiqardi.
Erkak 2024-yil oktyabr-noyabr oylarida o‘zbeklar va Markaziy Osiyodan kelganlarni haqorat qiluvchi provokatsion videolarni suratga olgan. Tiktokerning o‘zi Janubiy Koreyada bo‘lgan. Vaziyatga huquq-tartibot idoralari e’tibor qaratgan va Valeriy Dyugayga qidiruv e’lon qilingan.
Natijada, Toshkent viloyatidan bo‘lgan shaxs Abu-Dabida topildi, u yerda mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, 25-mart kuni vataniga topshirildi. So‘rov davomida erkak aybiga iqror bo‘lib, kechirim so‘ragan va hayp uchun haqorat qilish bilan shug‘ullanganini aytgan.
Yakuniy hukmda 156-moddaning 2-qismi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qasddan qo‘zg‘atish) mavjud, shuningdek, ayblovga 158-moddaning 3-qismi (O‘zbekiston prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) qo‘shilgan.
Sud Valeriy Dyugayni uch yil-u bir oyga manzil-koloniyada qamoq jazosiga hukm qildi. Bloger apellyatsiya berishi va hukm ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Avvalroq Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro prezidentni haqorat qilgani uchun majburiy mehnatga jalb qilingandi. Erkakdan jinoyat quroli sifatida telefon ham olib qo‘yilgan.
Izohlar