Tik quyosh va chang bo‘ronlari: 21-iyul uchun ob-havo
Sinoptiklar harorat pasayishi va yog‘ingarchilik bo‘lishini kutmayapti.

21-iyul kuni O‘zbekistonda harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda kuchli shamol esib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 24-26°, kunduzi 39-41° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda changsimon yer bo‘yi shamoli bilan. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda changsimon yer bo‘yi shamoli bilan. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda changsimon yer bo‘yi shamoli bilan. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda jazirama oldidan hosilni saqlab qolish haqida qayg‘urilgani haqida xabar berilgandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham fermerlarni jazirama issiqda ishlamaslikka chaqirdi.
Izohlar