Tibbiyot xodimlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi
Tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini “elektron retsept” tizimi asosida tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini “elektron retsept” tizimi asosida tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Xudoyorov, E.Odilov) 2025 yil 1 iyulga qadar tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini bosqichma-bosqich davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini aniq mexanizmlarni nazarda tutgan holda joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritadi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Xudoyorov, E.Odilov) bilan birgalikda 2025 yil 1 noyabrga qadar tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini “elektron retsept” tizimi asosida tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.