6 Yanvar 2025, 14:53 Oʻzbekiston

Tezyurar poyezdlar uchun chipta narxi 25-30 foizga oshadi

1-fevraldan boshlab “Afrosiyob” chiptalari 20-25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” 30 foizga qimmatlashadi.

Tezyurar poyezdlar uchun chipta narxi 25-30 foizga oshadi

“Oʻzbekiston temiryoʻllari” aksiyadorlik jamiyati 1-fevraldan mamlakat ichida tezyurar poyezdlar uchun chiptalar narxi oshirilganini maʻlum qildi.

2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tezyurar yoʻlovchi poyezdlar “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshirilmoqda.

“Afrosiyob” elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:

  • Toshkent — Buxoro
    VIP 994 000 soʻm;
    biznes 751 000 soʻm;
    ekonom 484 000 soʻm.

 

  • Toshkent — Qarshi
    VIP 854 000 soʻm;
    biznes 634 000 soʻm;
    ekonom 406 000 soʻm.

 

  • Toshkent — Samarqand
    VIP 619 000 soʻm;
    biznes 450 000 soʻm;
    ekonom 294 000 soʻm etib belgilandi.

Taʻkidlanishicha, 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yoʻnalishdagi poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga oʻtildi.

Oʻshandan beri tariflar bir necha marta oshdi: 2023-yil 1-noyabrdan, 2024-yil 20-yanvardan va 2024-yil 15-maydan.

Mashhur yangiliklar