Termiz shahrida maʼlum vaqt gaz taʼminoti butunlay oʻchiriladi
Termiz shahrida 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish 4 soatga toʻxtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termiz shahrida joylashgan AGRS-2 tarmogʻida oʻrnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 28-oktyabr kuni soat 13:00 dan 17:00 gacha shahardagi barcha, jumladan, 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti tiklanadi.
Gaz taʼminoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib oʻtadi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Andijondagi ohak sexida 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Andijonda 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxs qamaldi Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







