Termiz shahrida maʼlum vaqt gaz taʼminoti butunlay oʻchiriladi
Termiz shahrida 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish 4 soatga toʻxtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termiz shahrida joylashgan AGRS-2 tarmogʻida oʻrnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 28-oktyabr kuni soat 13:00 dan 17:00 gacha shahardagi barcha, jumladan, 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti tiklanadi.
Gaz taʼminoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib oʻtadi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Buxoroda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi