
Temu`ni Oʻzbekistonga qaytarish uchun bir qadam qoldi
Soliq qoʻmitasi mashhur marketpleys taqdiriga oydinlik kiritdi.

Xitoyning Temu marketpleysi Oʻzbekistonda blokirovkani bekor qilish uchun 46 mlrd soʻm soliq toʻlashi kerak, deb xabar berdi Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.
Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mubin Mirzayevning soʻzlariga koʻra, marketpleysni soliqqa tortish — global muammo. Tahlillarga koʻra, koʻplab marketpleyslar soliq toʻlamaydi, bu nafaqat Temuga, balki Temu bloklanganidan keyingina soliq toʻlagan Wildberriyesʼga ham tegishli.
“Koʻpchilik soʻraydi, nega faqat Temu? Biz marketpleysning barcha ishtirokchilariga soliq majburiyatlarini bajarish boʻyicha ogohlantirish xatlarini yubordik. Biz ularni soliq toʻlash majburiyati haqida ogohlantirdik”, — dedi u.
Soliq qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari yaqinda budjetga 51,2 mlrd soʻm qoʻshimcha soliq toʻlagan Wildberriyes marketpleysini misol qilib keltirdi. Shundan soʻng, vazirlik Wildberriyes Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida xulosa berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Temu kompaniyasining soliq qarzi taxminan 46 mlrd soʻm yoki 3,55 mln dollarni tashkil etgan. Aniq summa hali aniqlanmagan.
Soʻnggi yangiliklar







