O‘zbekiston

Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

Ushbu bog‘lama Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilashi ko‘zda tutilmoqda.

Hukumat 2025-yilda Taxtaqoracha dovoni orqali pullik avtomobil tunnelini qurish loyihasini ishlab chiqmoqchi, deb xabar berdi transport vaziri Ilhom Mahkamov.

Shavkat Mirziyoyev Samarqand va Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida tunnel qurish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Ayni paytda uchta kompaniya loyiha-qidiruv ishlarini olib bormoqda. Vazirning ta’kidlashicha, loyiha ko‘proq vaqt talab qiladi, chunki tunnel qurilishi geodeziya va geologiya ishlarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga olib keladi.

Xususiy tadbirkorlar avgust oyida texnik-iqtisodiy asoslarini taqdim etishi kerak. Shundan so‘ng eng maqbul taklifga ega kompaniya tanlab olinadi.

Uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda shaharlararo transport tizimi o‘zgarishi haqida xabar berilgandi. Yangi tizim dastlab Toshkentda sinovdan o‘tkaziladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная