24 Yanvar 2025, 08:57 Oʻzbekiston

Tashkent Cityʼda uyning tomi yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Tashkent Cityʼda uyning tomi yonib ketdi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasidagi Tashkent City hududida joylashgan 9 qavatli uyning tom qismi yonib ketdi. Bu haqdagi xabar poytaxt FVBga 23-yanvar kuni soat 19:49 da kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 19:53 da yetib borib, yong‘in soat 20:03 da qurshab olinib, soat 20:05 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar