31 Iyul 2024, 09:56 •Oʻzbekiston
“Tashabbusli byudjet”. Endi bir mahalla bir yilda ikki marta gʻolib deb topilmasligi mumkin
Shuningdek, majburiy ovoz toʻplab yutgan loyihalarni tan olmaslik rejalashtirilmoqda.
“Tashabbusli budjet”ning amaldagi tartibiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament quyi palatasiga bergan axborotida ma’lum qilindi.
Xususan, quyidagi o‘zgarishlarni amaliyotga kiritish rejalashtirilyapti:
- aholi soni kichik bo‘lgan mahallalarga g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda g‘olib bo‘lib kelayotgan mahalla (tashkilot)larga tanaffus e’lon qilish amaliyotini joriy etish;
- xodimlarni majburiy ovoz to‘plashga jalb etish holatlarini bartaraf etish maqsadida ovoz berish bosqichi muddatini 10 kunga kamaytirish, majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni g‘olib loyihalar ro‘yxatidan chetlatish amaliyotini joriy etish;
- xalq deputatlari hududiy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida tuman (shahar) budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish hisobiga g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish amaliyotini joriy etish.
Ushbu hujjat loyihasi ishlab chiqilib ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi “Tashabbusli byudjet”. Ovoz yig‘ishga majburlash holatlari boʻyicha 40 ga yaqin shikoyat tushdi “Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumiga start berildi
Soʻnggi yangiliklar
Dunyo bo‘ylab tuberkulyozga chalinish holatlari keskin oshdi
30 Oktabr 2024, 19:13Toshkent viloyatida 581,1 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
30 Oktabr 2024, 18:36Gazsiz shirin ichimliklarga ham a ksiz solig‘i joriy etish taklif etilmoqda
30 Oktabr 2024, 17:50O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi
30 Oktabr 2024, 17:15Alisher Usmonov Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylanishi mumkin
30 Oktabr 2024, 16:40Saylovda bir kishiga Saylovda bir kishiga bir necha byulleten bergan komissiya a’zosi sudlandi
30 Oktabr 2024, 16:08Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot Anqara aeroportiga favqulodda qoʻndirildi
30 Oktabr 2024, 15:30Navoiydagi podstansiyaning sifatsiz bajarilgan betonlari buzib tashlandi
30 Oktabr 2024, 14:55