
Tanasining bir qismi ishlamay qolgan o‘zbekistonlik Rossiyadan vatanga qaytarildi
Rossiyaning Tomsk viloyatida tanasining bir qismi ishlamay qolgani va mustaqil harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.

O‘zbekiston bosh konsulxonasi tomonidan Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Tomsk viloyatida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro vatanga qaytarildi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.
Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, Tomsk viloyatiga ishlash uchun kelgan fuqaro B.X. tanasining bir qismi ishlamay qolgani va mustaqil harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani sababli ushbu viloyatdagi 2-sonli klinik shifoxonasi yotqizilgan.
Rossiyalik shifokorlar O‘zbekiston fuqarosiga barcha zarur tibbiy muolajalarni amalga oshirdi.
Bemorning ahvoli og‘irligi inobatga olinib, bosh konsulxona va Migratsiya agentligi tomonidan uning O‘zbekistonga qaytishi uchun zarur ko‘mak ko‘rsatildi hamda samolyotda O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Soʻnggi yangiliklar







