O‘zbekiston

Talabalarning qishki ta’til sanasi aytildi

Shuningdek, o‘quvchilarga avia va temir yo‘l chiptalari uchun chegirmalar taqdim etiladi.

O‘zbekistondagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’til 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvargacha davom etadi.

Qishki ta’til davrida doimiy yashash joylariga boradigan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvargacha avia va temir yo‘l chiptalariga 50 foiz chegirma beriladi.

Avvalroq 2025-2026 o‘quv yilida umumta’lim maktablarida qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanishi haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная