Tailandda oʻzbekistonlik ayol 6-qavatdan tushib ketdi
Mahalliy politsiya hozirda voqea sababini aniqlashga harakat qilmoqda.

Tailandning Pattayya shahrida 25 yoshli oʻzbekistonlik ayol mehmonxona balkonidan yiqilib, ogʻir jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda mahalliy nashrlar.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 12:30 da qutqaruv markaziga Janubiy Pattayyadagi mehmonxonada chet ellik ayol hushsiz holda topilgani haqida xabar berilgan.
Aniqlanishicha, u binoning 6-qavatidagi xonalardan birida ikki doʻsti bilan yashagan 25 yoshli oʻzbekistonlik ayol boʻlgan. Uning oʻng oyogʻi singan va boshidan jarohat olgan. Qutqaruvchilar ayolga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgach, zudlik bilan shifoxonaga olib ketgan.
Politsiya oʻzbekistonlik ayolning ikki doʻstini soʻroq qilmoqchi boʻlgan, biroq ular mast holatda boʻlgan. Ofitserlar hozirda voqea sababini aniqlashga harakat qilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Soʻnggi yangiliklar







