Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham Davlat tilidan imtihon topshiradi
Joriy yilda bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari, umumta’lim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Jumladan, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
- Ona tili va adabiyoti fanidan (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) – yozma;
- Davlat tilidan (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) – yozma;
- Matematika fanidan – yozma;
- O‘zbekiston tarixi fanidan – yozma/og‘zaki;
- Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda o‘tkaziladi.
11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
- Ona tili va adabiyoti fanidan (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) – yozma;
- Davlat tilidan (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) – yozma;
- Matematika (asosiy) / Matematika (chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
- Tarix fanidan – yozma;
O‘quvchining tanlovi bo‘yicha:
- Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz tilida ta’lim bo‘lgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
- Chet tili fanidan yozma/og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.
2025 yilidan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi Rossiyada migrantlar uchun imtihon narxlari belgilandi “Prava” olish uchun imtihon narxi oshdimi? Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi 2024/2025-o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi
Soʻnggi yangiliklar







