Surxondaryodagi fermer xo‘jaligida cho‘pon qorovulni pichoqlab o‘ldirdi
Sudlanuvchi fermer xo‘jaligi qorovuli bilan tortishib qolgan va uni qasddan o‘ldirish rejasini tuzgan.

Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaligi molxonasida cho‘pon bo‘lib ishlovchi shaxs (1967 y.t.) qorovulni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea fermer xo‘jaligida joylashgan og‘ilxonada sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi fermer xo‘jaligi qorovuli bilan tortishib qolgan va uni qasddan o‘ldirish rejasini tuzgan.
Reja asosida dastlab sudlanuvchi qorovulni somon ipi yordamida bo‘g‘ib, hushidan ketkazgan va og‘ilxonaga olib kelib, unga pichoq yordamida turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgan. Olgan tan jarohatlari oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va kodeksning 59-moddasi (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida ayol shirinliklarni ruxsatsiz yegan bolasining tana a’zolarini kuydirdi Toshkentliklarni haqorat qilgan qiz 10 sutkaga qamaldi Toshkentda 8 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kg giyohvandlik vositasi fosh qilindi Sobiq MXX amaldori Nodir To‘raqulov qamoqda barmoqlaridan ayrildi
Soʻnggi yangiliklar







