Surxondaryoda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
![Surxondaryoda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/jmn-2FfkKkjW.jpg)
Surxondaryo viloyatining ikki hududida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sherobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Sh.O‘. va boshqalar xorijda ishlab chiqarilgan 5 890 quti “Esse Change” va 1 000 quti “Vello Polar Mint” nomli tamaki mahsulotlarini fuqaro M.X.ga 155 mln so‘m va 7 500 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Chegara” mahallasi hududida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.N., Sh.J. va I.U. xorijda ishlab chiqarilgan 1 200 quti “Esse Change” nomli tamaki mahsulotini fuqaro A.A.ga 54 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan jami 1 790 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ҳудудларда акциз маркасиз тамаки ва истеъмолга яроқсиз алкоголь маҳсулотларини муомалага киритилишининг олди олинди Фарғонада қалбаки акциз маркали алкоголь ва тамаки маҳсулотлари савдосига чек қўйилди Ўзбекистонда электрон сигареталар ва тамакини қиздириш тизимлари муомаласи тақиқланиши мумкин Тошкент вилоятида акциз маркасиз тамаки маҳсулотларини муомалага киритилишининг олди олинди
Soʻnggi yangiliklar
![Fargʻonada fuqaro IIB xonasida hushini yoʻqotib, reanimatsiyaga yotqizildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-05-17.29.57-300x200.jpg)
![Talablarni toʻliq bajarmagani uchun 90 ming abituriyent arizasi rad etildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-05-16.32.24-300x200.jpg)
![Oʻzbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-05-15.14.09-300x200.jpg)
![4 ta tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/n0wSbiRazHnFRdTU6cI_uZJ0wefF3zaj-300x200.jpg)
![“Ayritom” chegara bojxona postida qariyb 8 kg giyohvand modda toʻxtatib qolindi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/UjvatEir9KZFY7OJx0_PEaOjCi1SFmf-300x185.jpg)
![Navoiyda 8 yoshli qiz mashina bosib ketishi oqibatida halok boʻldi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/J6961K17201589061364_b-300x200.jpg)
![Samarqandda katta pul evaziga ikki kishini AQSHga yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/pGss4u8U-cKQB67mw8mlz5O3ncLevmrX-300x183.jpg)
![Бахтиёр Иброҳимов Жиззах вилояти прокурори этиб тайинланди](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/YYyXLw17201587124236_b-300x200.jpg)