31 Avgust 2024, 11:49 Oʻzbekiston

Surxondaryoda qiymati 3,3 mln dollarlik “Zarchob-1A” kichik GESi ishga tushdi

To‘palang daryosi bo‘yida qariyb 5 ming xonadonni elektr bilan ta’minlaydigan “Zarchob-1A” kichik GESi ishga tushirildi.

Surxondaryoda qiymati 3,3 mln dollarlik “Zarchob-1A” kichik GESi ishga tushdi

30-avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Zarchob-1A” kichik GESi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekgidroenergo” matbuot xizmati.

To‘palang daryosi bo‘yida joylashgan “Zarchob-1A»ning quvvati 3 MVt ga teng, yiliga o‘rtacha 13,3 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ta’kidlanishicha, ushbu kichik GES ishga tushirilishi natijasida to‘rtinchi marta daryo suvi gidroagregatlar orqali o‘tkazilib, elektr energiya ishlab chiqarilmoqda.

GESni qurish loyihasi qiymati — 3,33 million dollar. Uni ishga tushirish orqali yangi 5 ta ishchi o‘rni yaratildi.

GESni qurish ishlari Gidro Texnik MCHJ tomonidan bajarildi. Unga frensis turidagi 1 ta vertikal gidroagregat o‘rnatildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, “Zarchob-1A” ishlab chiqaradigan elektr energiyasi 4750 ta xonadonni ta’minlaydi.

Mashhur yangiliklar