24 Fevral 2025, 15:49 Oʻzbekiston

Surxondaryoda “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani mashina urib yubordi

Oqibatda bola og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Surxondaryoda “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani mashina urib yubordi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 27-yanvar kuni YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Nexia haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan.

Oqibatda bola og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Bola shaharning 12-maktab o‘quvchisi bo‘lgan. Shundan so‘ng ushbu maktabda YHXB mutasaddilari va o‘quvchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Mashhur yangiliklar