Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigit qamaldi
Muzrabot tumanida rask sabab opasini urib o‘ldirgan yigitga hukm o‘qildi.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani uchun opasini o‘ldirgan 16 yoshli o‘smirga hukm o‘qildi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Jinoyat avgust oyida sodir etilgan, 18 yoshli F.J. tayoq va metall buyumlardan zarba qabul qilib, olgan jarohati oqibatida vafot etgandi.
O‘smir onasining to‘xtatishga urinishlariga qaramay, opasini tayoq sinib ketgunigacha urganini tan oldi. Xabarda ta’kidlanishicha, ayblanuvchi jinoyatni rashk tufayli sodir etgan.
A.J. aybini bo‘yniga olib, pushaymon bo‘ldi, deyiladi xabarda. Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topdi va jazoni axloq tuzatish koloniyasida o‘tash bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Surxondaryoda mashinada 50 kilodan ortiq narkotik modda olib ketayotgan shaxs qo‘lga tushdi Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi Ulugʻbek Qosimov ham Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi