5 Fevral 2025, 17:44 Oʻzbekiston

Surxondaryoda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh qilindi

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Surxondaryoda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh qilindi

Surxondaryo viloyatida noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Jarqoʻrgʻon tumani boʻlimi, IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda YATT “X.U.” “Markaziy Surxon” MFY hududidagi savdo doʻkonida kirim hujjatlari boʻlmagan 31 turdagi 105,4 mln soʻmlik jami 3 214 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentining Oltinsoy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Q.A.” xususiy korxonasi rahbari A.R. savdo doʻkonida tegishli hujjatlari boʻlmagan 62 turdagi umumiy bahosi 84,5 mln soʻmlik 1 445 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar