9 Oktabr 2024, 09:40 Oʻzbekiston

Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

Jarqo‘rg‘on tumanida “VAZ-2016” mashinasi Zang kanaliga tushib ketdi.

Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 8-oktabr kuni kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Soat 09:48 da Guliston mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning “VAZ-2106” avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqargan. Avtomobilda hech kim bo‘lmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi mashina qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgan.

Mashhur yangiliklar