11 Oktabr 2024, 08:51 Oʻzbekiston

Surxondaryoda Isuzu yo‘l chetidagi uch kishini urib, qochib ketdi. Qurbonlar bor

Boysun tumanida yuk mashinasi yo‘l chetida mashinasiga yonilg‘i quyayotgan uch kishini urib, voqea joyidan qochib ketdi.

Surxondaryoda Isuzu yo‘l chetidagi uch kishini urib, qochib ketdi. Qurbonlar bor

Surxondaryo viloyatida  yuk mashinasi haydovchisi yo‘l chetida turgan fuqarolarni urib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat 7-oktabr kuni soat 22:30 atrofida Boysun tumani Temir darvoza mahallasida sodir bo‘lgan. Captiva haydovchisi va ikki yo‘lovchisi yo‘l chetida to‘xtab, mashinaga yonilg‘i quyayotganda Isuzu haydovchisi (58 yosh) ularni urib, voqea joyidan qochib ketgan.

YTH oqibatida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Qidiruv davomida Isuzu haydovchisi Sirdaryo viloyatida ushlangan va Boysun tumani IIBga olib kelingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Mashhur yangiliklar