8 Aprel 2025, 17:54 Oʻzbekiston

Surxondaryoda chiqindilarni qayta ishlash zavodi ishchisi fohishaxona tashkil qildi

Erkak mijozlardan 100 ming soʻmdan pul olgan.

Surxondaryoda chiqindilarni qayta ishlash zavodi ishchisi fohishaxona tashkil qildi

Surxondaryoda chiqindilarni qayta ishlash zavodi xodimi korxona ichida fohishaxona tashkil qildi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, 64 yoshli mahalliy fuqaro ish joyida fohishaxona tashkil qilgan. Tadbirkor fuqaro oʻz mijozlaridan 100 ming soʻmdan pul olgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari maxsus operatsiya davomida erkakni qoʻlga olib, jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Angor tuman sudi huquqbuzarni Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (Qoʻshmachilik yoki fohishaxona saqlash) bilan aybdor deb topib, bir yilu olti oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Mashhur yangiliklar