21 Oktabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Surxondaryoda benzinni kamaytirib sotgan “zapravka” aniqlandi

Termiz shahrida iste’molchilarga avtobenzinni ko‘rsatilgan meyordan kam quyayotgan AYQSHga chora ko’rildi.

Surxondaryoda benzinni kamaytirib sotgan “zapravka” aniqlandi

Surxondaryo viloyatida benzinni ko‘rsatilgan miqdordan kam bergan AYQSHning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganishlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan AYQSHda iste’molchilarga avtobenzinni to‘la hajmda sotilishi namunaviy o‘lchagich yordamida o‘lchab ko‘rilganda, ruxsat etilgan me’yordan tashqari har 10 litrdan 0,100 litr kam quyilayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQSHda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Mashhur yangiliklar