Surxondaryoda ayol o‘z qizini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
Termiz shahridan uy sotib olmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol chaqaloq qizini 15 ming dollarga sotishga urindi.
Surxondaryo viloyatida 2024 yilda dunyoga kelgan farzandini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli ayol o‘zining 2024 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 15 ming AQSh dollariga pullash evaziga Termiz shahridan uy-joy sotib olmoqchi bo‘lgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
U Termiz shahridagi restoranlarning birida farzandini sotib, kelgusida qaytib olmaslik haqida tilxat yozib berayotgan paytida maxsus xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.
“Ona” dastlab kichik summa taklif qilgan xaridordan xafa bo‘lgan va unga odam sotayotganini eslatgan.
Men kartoshka sotmayapman, odam sotyapman. Mayli, 15 ming dollar bering. Kami yo‘q, degan ayol.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 23 yoshli ayolni 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan.
Qayd etilishicha, qizchaning vasiyligi va tarbiyasi Jarqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yuklatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonlik 20 nafarga yaqin bola 3 ta Damas’da Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqladi Surxondaryoda tabib oldiga yordam so‘rab kelgan ayolga shilqimlik qildi Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayol qamaldi