Surxondaryoda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi
Qumqo‘rg‘on tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxs ushlandi.
Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi savdo do‘konidan aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “R.E.” MCHJ rahbari B.X. xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 518 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini 500 dollar va 3,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, MCHJ savdo do‘konidan sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan umumiy bahosi 40,5 mln so‘mlik 1 965 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda 2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi