16 Oktabr 2024, 13:41 Oʻzbekiston

Surxondaryoda 300 mln so‘mga 1,5 gektar yer olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyatida 1,5 gektar yerni 300 mln so‘m evaziga olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.

Surxondaryoda 300 mln so‘mga 1,5 gektar yer olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida fuqaroga yer maydonini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro M.T. fuqaro K.I.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Polvontosh” MFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 300 mln so‘m evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilgan.

So‘ng ushbu pullar hisobidan 14,2 ming dollar va 100 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar