14 Noyabr 2024, 16:18 Oʻzbekiston

Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi

Surxondaryo viloyatida qoramollarni sotib beraman deb 19 kishini chuv tushirgan firibgar 7 yilga qamaldi.

Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi

Surxondaryo viloyatida qoramollarni sotib beraman deb 19 kishini chuv tushirgan fuqaro 7 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Bildirilishicha, sudlanuvchi erkak o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, qoramol sotib olishga pul tikishi kerakligi va uning foydasidan berib turishni va’da qilgan. Erkak oylar davomida jami 91 mln 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan. Ammo fuqaroga na pullarni, na qoramollarni qaytargan.

Moddiy zarar ko‘rganini anglagan fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, ayblanuvchi 19 nafar fuqaroning jami 460 mln so‘m pullarini o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Mashhur yangiliklar