O‘zbekiston

Surxondaryo viloyatida ekoturizm majmuasi tashkil etiladi

Hududda kottejlar, basseyn, avtoturargoh va avtoyuvish shoxobchalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ovqatlanish shoxobchalari, suv ustidagi shiyponlar joylashadi.

Surxondaryo viloyatida tabiiy muhitni asrash bo‘yicha barcha talablarni inobatga olgan holda yirik ekoturistik majmua barpo etish rejalashtirilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha Janubiy Surxon suv ombori hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 15,7 gektar yer ajratiladi. Loyiha qiymati 140 mlrd so‘mga baholanmoqda. Yangi ekoturistik majmuada kottejlar, basseyn, avtoturargoh va avtoyuvish shoxobchasi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ovqatlanish shoxobchalari, suv ustidagi shiyponlar joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududda sport va bolalar maydonchalari, piyodalar yo‘laklari qurish, baliq yetishtirish va keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan. Bo‘lajak majmua loyihasi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan o‘rganilib, ajratilgan yer maydonlari ham ko‘zdan kechirilib, qurilish va obodonlashtirish ishlarini bosqichma-bosqich, tizimli ravishda boshlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Avvalroq prezident turar joy massivi va turizm qishlog‘i qurilishi bilan tanishgani xabar qilingandi. Shavkat Mirziyoyev tinchlik va barqarorlik O‘zbekistonning eng katta boyligi ekanini ta’kidladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная