Sun’iy intellekt Chirchiqni rivojlantirishga yordam beradi
Toshkent viloyatida “Aqlli shahar” tizimi ishga tushiriladi.

Toshkent viloyatida zamonaviy, qulay va samarali boshqaruv modelini shakllantirish, shuningdek, hududda raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan “Aqlli shahar” tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Chirchiq hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha Chirchiq shahrida bosqichma-bosqich ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Rejalarni amalga oshirish maqsadida Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov Urganch shahrida bo‘lib, sun’iy intellektga asoslangan ushbu loyiha qanday ishlayotganini o‘rgandi. Tashrif davomida rahbarlar boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va kommunal sohada yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish uchun texnologiyalarni qo‘llash masalalarini muhokama qildi.
Loyiha shahar hududida bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u 2026-yilda to‘liq ishga tushadi. Qayd etilishicha, tizim tunu kun ishlaydi va real vaqt rejimida aholining murojaatlarini qabul qilish, kommunal sohadagi muammolarni aniqlash va ularni tezkor hal qilish imkonini beradi. Shuningdek, u sun’iy intellekt yordamida shahar infratuzilmasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni kuzatib boradi va ogohlantiradi.
Yangi loyiha shaharni boshqarishning zamonaviy, qulay va samarali modelini shakllantirish, shuningdek, raqamli texnologiyalarni hamma joyda joriy etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga yordam berishi rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston va Kuvayt hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar to‘plamini imzolagani haqida xabar berilgandi. Mamlakatlar birgalikda “aqlli” shaharlar yaratadi.
Izohlar