14 Aprel 2025, 15:08 Oʻzbekiston

Sudyalar oliy maktabi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Maʼlum qilinishicha, qoʻlga olingan shaxs sudya emas, balki arxiv mudiri boʻlgan.

Sudyalar oliy maktabi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sudyalar oliy maktabi xodimi 5000 dollar pora olayotganda qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati holatga izoh berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, yarim stavka arxiv mudiri lavozimida ishlovchi erkak sudlanuvchiga nisbatan chiqarilgan hukmning bir qismini tanishlari orqali bekor qilishga vaʼda berib, 5 ming dollar olgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari pul olayotgan erkakni qoʻlga oldi.

Shuningdek, boshqarma ijtimoiy tarmoqlarda qoʻlga olingan shaxsning jinoyati xizmat faoliyati bilan bogʻliqligi haqida tarqalgan maʼlumotni rad etdi. Qayd etilishicha, erkak muassasa shtatida boʻlsada, sud qarorlarini chiqarishga hech qanday aloqasi boʻlmagan va rahbarlik lavozimlarida ishlamagan.

Mashhur yangiliklar