O‘zbekiston

Standartlar instituti rahbariyatga ko‘p milliardli mukofotlar ajratdi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar holatga tegishli baho beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Standartlar instituti xodimlari uchun katta ustama va mukofotlar haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Muassasa matbuot xizmati holatga izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan institut rahbariyati va xodimlariga 3,7 mlrd so‘mdan ortiq ustama va mukofot pullari to‘lab berilgan.

Faqatgina 10 nafar hokimlik vakiliga 3,1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘g‘ri kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, rahbarlar har oyda 200-300 mln so‘mdan ustama olgan.

Institut matbuot xizmati yuqoridagi holatlarni tasdiqladi. Huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Ushbu ish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная