O‘zbekiston

Soyada va shamolda 45 darajagacha: 19-iyul uchun ob-havo

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

19-iyul kuni O‘zbekistonda harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda chang-to‘zonli kuchli shamol esishi mumkin. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechga tomon shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-26°, kunduzi 41-43° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Avvalroq dam olish kunlari yanada issiq bo‘lishi xabar qilingandi. Sinoptiklar yaqin kunlar uchun ob-havoni prognoz qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная