O‘zbekiston

Soyada 44 daraja issiq: 17-iyul kuni ob-havo

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

17-iyul kuni O‘zbekistonda jazirama issiq bo‘lishi, ayrim hududlarda kuchli shamol chang-to‘zonli izg‘irin bilan esishi, yog‘ingarchilik kutilmasligi haqida O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 30° gacha, kunduzi 38-43°;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 39-44° bo‘ladi;
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Mavzuga doir: FVV o‘zbekistonliklarga yaqinlashib kelayotgan jaziramadan qanday omon qolish bo‘yicha bir nechta maslahatlar berdi. Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, havo ba’zi joylarda 45 darajagacha isiydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная