O‘zbekiston

Soyada 37 darajagacha issiq: 4-sentyabr uchun ob-havo

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

4 sentyabr kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan shamol esadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
  • respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная