Sovuq va yomg‘ir: 1-oktyabr uchun ob-havo
Ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin.

1-oktyabrda O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘moqda. Chang-to‘zon bilan birga shamol tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 18-20° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° bo‘ladi.
Avvalroq, oktyabr oyida o‘zbekistonliklar kuzgi sovuqlikni boshdan kechirishlari haqida xabar berilgan edi. Sinoptiklar ham yog‘ingarchilik kuchayishini bashorat qilmoqda.
Izohlar