Sovuq tushishidan oldingi kun: 2-noyabr uchun ob-havo
Ko‘plab hududlarda chang-to‘zonli shamol esishi mumkin.

2-noyabr kuni O‘zbekistonda havo sovib ketadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 18-20° iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi. - Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilning noyabr oyida yomg‘irli va sovuq bo‘lishi kutilayotgani, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Sinoptiklar yog‘ingarchilik darajasini me’yor atrofida kutishmoqda.
Izohlar