Sovuq kuchaymoqda: 30-noyabr uchun ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushadi.

30 noyabrda respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi harorat biroz sovuqqacha pasayadi, kunduzi o‘rtacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, ammo yog‘ingarchilik kutilmayapti. Sharqiy yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-2° issiq, kunduzi 11-13° issiq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha prognoz:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 4° sovuq-1° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida: o‘zgaruvchan bulutli, ayrim joylarda tuman. Shamol tezligi 7-12 m/s. Harorat: kechasi 2° sovuqdan 3° issiqgacha, kunduzi 10-15° issiq.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0–5° iliq, ayrim joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12–17° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida: o‘zgaruvchan bulutli, ayrim joylarda tuman. Shamol tezligi 5-10 m/s. Harorat: kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham o‘zgaruvchan bulutli bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmasligi taxmin qilinmoqda. Shamol tezligi 7-12 m/s. Harorat: kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Izohlar