7 Fevral 2025, 16:45 Oʻzbekiston

Sobiq MXX amaldori Nodir To‘raqulov qamoqda barmoqlaridan ayrildi

Qamoqdagi sobiq MXX amaldori Nodir To‘raqulov ehtiyotsizlik oqibatida barmoqlaridan ayrildi.

Sobiq MXX amaldori Nodir To‘raqulov qamoqda barmoqlaridan ayrildi

Milliy xavfsizlik xizmatining (hozir DXX) sobiq tergovchisi Nodir To‘raqulov ehtiyotsizlik oqibatida barmoqlaridan ayrildi. Bu haqda inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Qabulimga kelgan bir necha advokatlar sobiq MXXning o‘z vaqtida “Nodir xudo” laqabini olgan jallodi Nodir To‘raqulov 22-sonli koloniyadagi sexda ehtiyotsizlik ortidan 4 ta barmog‘idan ajragani haqida ma’lumot berishdi.

Muhtaram prezidentimizning shijoati tufayli javobgarlikka tortilgan bu kimsa haqida turli afsonalar yuradi. Ehtimol, uning qilmishlarining bir qismi qonun nazoratidan chetda qolgandir, uning zulmini Yaratganga havola qilamiz, deb yozdi u Facebook’dagi sahifasida.

Nodir To‘raqulov 2018-yilning boshlarida, prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida faollar bilan uchrashuv vaqtida MXXning viloyat boshqarmalaridagi xodimlarini keskin tanqid qilganidan keyin qamoqqa olingandi.

Mashhur yangiliklar